Urganch shahrida Xorazm viloyat adliya boshkarmasining yangi binosida “Bilim xazinasi” oilaviy korxonasiga qarashli “Yuridik va jahon adabiyotlari” kitob doʻkonining ochilish tantanasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari A.Tashkulov, Adliya boshqarma boshligʻi A. Masharipov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova hamda ziyolilar va kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
Zamonaviy talablarga javob beradigan ziyo maskanining kitob javonlaridan huquqiy mavzudagi nashrlar, yuridik adabiyotlar, ommabop risolalar hamda respublikamizdagi yetakchi nashriyotlar tomonidan chop etilgan oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, badiiy, tarixiy, ilmiy-maʼrifiy kitoblar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, jami 800 nomdagi 20 mingdan ortiq adabiyotlar oʻrin olgan.
Elyor PALVONOV