Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq yangi lavozimlarga tayinlandilar

0
135
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, Elyar Majidovich Ganiyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.    

Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Mazkur farmoniga muvofiq, Nodir Sobirovich Otajonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Ushbu farmoniga muvofiq, Jamshid Abduxakimovich Xodjayev Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, Sardor Uktamovich Umurzakov Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

 


 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.