Vazifalarning joylardagi ijrosi koʻzdan kechirildi

0
95
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini koʻrish maqsadida 12 dekabr kuni Toshkent shahridagi mahallalarda boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Dastlab «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Uchtepa tumanidagi issiqlik markazi borib koʻrildi. Davlatimiz rahbari bundan roppa-rosa bir yil oldin bu yerga kelganida ahvol juda ayanchli edi. Bu markaz 1969 yilda qurilgan, shundan buyon kapital taʼmirlanmagan. Qozonxona ham, tarmoqlar ham eskirgan edi. Oʻtgan qishda havo keskin sovigan paytlarda issiqlik ishlab chiqarish muammo boʻlgandi. Shu bois Prezidentimiz tarmoqlarni taʼmirlash va barqarorligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Bu galgi tashrif chogʻida mutasaddilar shu haqda axborot berdi. Berilgan topshiriqlar toʻla amalga oshirilgan. Majmua qozonxonasi jami 700 Gkal quvvatga ega, mingdan ortiq koʻp qavatli uy va 400 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.

Joriy yilda mazut xoʻjaligi va sigʻimlari qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda – gaz va mazutda ishlashga moslashtirilgan. Bular natijasida qozonxona va tarmoq sovuq haroratda ham barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zaxiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyasiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yoʻqotilishi ham kamaygan.

Davlatimiz rahbari shu yerda Toshkent shahri va Uchtepa tumani mutasaddilari bilan muloqot qildi. Mahallalardagi yangi “ettilik” tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy masalalarni aholi talabi asosida joylarning oʻzida hal etib, odamlarni rozi qilish zarurligi taʼkidlandi.

Jumladan, qishga tayyorgarlik boʻyicha koʻrilgan choralarni ham odamlar sezishi kerak. Issiqlik markazlari va tarmoqlardagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etib borish, bino va xonadonlarda issiqlikni asrash dolzarb vazifa ekani qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.