Kecha Hindistonda start olgan velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo Kubogi milliy terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Oʻsmirlar oʻrtasida kechgan poygalarda vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar qiladi.
Ayniqsa, xorazmlik Behzodbek Rahimboyev 10 km masofada skretch poyga va ochkolar boʻyicha guruh poygasi yoʻnalishlarida qitʼamizda tengsiz ekanini isbotlab, har ikki yoʻnalishda ham oltin medalga sazovor boʻldi.
Shuningdek, jahon reytingining uchinchi pogʻonasiga koʻtarilib olgan sirdaryolik Yanina Kuskova skretch bahsida kumush medal bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, Behzodbek Rahimboyev joriy yil 9 iyuldan 23 avgustga qadar Shveysariyada oʻtkazilgan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etib qaytgan edi.