Videokonferenssud tufayli qariyb bir milliard soʻm tejaldi

0
50
marta koʻrilgan.

Mamlakatimiz iqtisodiy sudlari tomonidan joriy yilning besh oy mobaynida 241 ming 490 ish koʻrib chiqilib, hal etildi. Koʻrilgan ishlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 75 ming 133 taga koʻp boʻldi.

Oliy sud matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, taraflarga qulayliklar yaratish hamda sud taʼsirchanligini oshirish maqsadida ishlarning salmoqli qismi, yaʼni 66 foizdan ortigʻi bevosita joylarda, yaʼni sayyor sud majlislarida koʻrib chiqilgan.
 
Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 1 615 tasi videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqildi. Natijada taraflarning qariyb bir milliard soʻm mablagʻi tejalgan.
 
Iqtisodiy sudlarda koʻrilgan ishlarning asosiy qismini oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, ijara va pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha ishlar tashkil etgan.
 
Manba: OʻzA
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.