Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi boʻlgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Davlat rahbarlari ilk bor oʻtkazilayotgan «Oʻzbekiston-Rossiya» hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etish uchun «Oʻzekspomarkaz»ga yoʻl oldi.