Vladivostok turniri sambochilarimiz uchun zafarli oʻtdi

0
143
views

Rossiyaning Vladivostok shahri sambo boʻyicha yirik xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. Ikki kun davom etgan mazkur turnir xalqaro xotira turniri maqomida boʻlib, oʻzida MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan vakillarini jamladi.

Musobaqada terma jamoamizning 4 ishtirokchisi final bahsi qatnasha oldi. Jangovor sambo boʻyicha Bahodir Boqiyev (-62 kg) hamda Istam Qudratov (-74 kg) oʻz vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. va shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishdi.

Sport sambosi yoʻnalishida Sarbon Ernazarov -68 kilogramm vazn toifasida tengsiz deb topilgan boʻlsa, Ulugʻbek Rahmonov (-82 kg) final bellashuvida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here