“Manas” qishlogʻidagi madaniyat saroyida 30 mart kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi.
Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.
Viloyatda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xoʻjaligida islohotlarni davom ettirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berildi. Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga moʻljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi yerlarga eksportbop ekinlar ekish, togʻoldi
hududlarda dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi.