Xalqaro hamkorlardan Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar

0
12
marta koʻrilgan.

Kirib kelayotgan yangi — 2025 yil munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xalqaro hamkorlar oʻz qutlovlarida mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi Oʻzbekistonda siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, davlatning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladigan faol, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat olib borilayotganini qayd etmoqda.

Xorijiy yetakchilar Oʻzbekiston Prezidenti va koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Kir Starmer;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;

YUNYeSKO bosh direktori Odri Azule;

XAEA bosh direktori Rafael Grossi;

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi bosh kotibi Sergey Lebedev;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;

Jahon banki prezidenti Ajay Banga;

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun;

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.