Xalqaro kompaniyalar Tashkent City qurilishiga investitsiya kiritmoqda

0
142
marta koʻrilgan.

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat koʻchalari oraligʻida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilmoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 6 aprelda ham bu yerga tashrif buyurib, inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan. 

Xorijiy investorlar ham bu istiqbolli loyihada ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda. Bugungi kunda “Tashkent City” maʼmuriy kengashi tomonidan qariyb 10 sarmoyador subyekt bilan hamkorlik tasdiqlangan. Ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik qurilish kompaniyalari bor.

Davlatimiz rahbari mazkur biznes markazi qurilishining borishi bilan tanishdi. Quruvchi va muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Mehmonxona va kongress-xolda xalqaro tadbirlarni oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratish, zallarni bezatish va jihozlashda milliyligimizga eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.