Said Holid Amir Jafferi, Pokiston global strategik tadqiqotlar markazi direktori:
– Oʻzbekistonda Prezidentlik saylovi koʻtarinki ruhda oʻtmoqda. Eng muhimi, yoshlar ham oʻz fuqarolik burchiga masʼuliyat bilan yondashgan holda, munosib nomzodga ovoz bermoqda. Saylov qonunchiligi bilan tanishdim.
Ertalabdan fuqarolar uchastkalarga oshiqqanini kuzatdik. Soat 9 da saylov uchastkasiga bordim va ovoz berish jarayonini bevosita kuzatdim.
Ushbu saylov Oʻzbekistonning demokratik davlat ekanini yaqqol koʻrsatdi. Saylov uchastkalarida yaratilgan imkoniyatlar menda ijobiy taassurot qoldirdi, uchastka xodimlari ham oʻz ishini aʼlo darajada bajarmoqda.
Oʻylaymanki, bu saylov Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi davrini boshlab bergan muhim voqea sifatida muhrlanib qoladi.
Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.