Xalqaro mehnat tashkiloti maslahatchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

0
160
views

Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) texnik masalalar boʻyicha bosh maslahatchisi Yonas Astrup bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va XMT oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

Yonas Astrup Oʻzbekistonda XMT tavsiyalarini roʻyobga chiqarish, 144-sonli Konvensiyani ratifikatsiya qilish borasida erishilgan ijobiy natijalarga yuqori baho berdi. Uning fikricha, “Oʻzbekiston Prezident Sh.M.Mirziyeyov rahbarligida AQSH Davlat departamentining odam savdosi bilan bogʻliq vaziyat xususidagi yillik hisobotida oʻz reytingini oshirishda misli koʻrilmagan darajada taraqqiy etdi”.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli dolzarb masalalar yuzasidan amaliy muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here