Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY  tuzilmasining 30 yilligida

0
237
marta koʻrilgan.

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY  tuzilmasining 30 yilligi munosabati bilan koʻplar qatorida «Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri Shahribonu Imomova ham taqdirlandi.

Maʼlumot uchun, TURKSOY 1993 yilda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Turkiya oʻrtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan. Keyinchalik tashkilotga boshqa davlatlar kuzatuvchi sifatida  qoʻshildi.

TURKSOY tashkilotining maqsadi turkiy xalqlarning maʼnaviy yaqinligini, qardoshlik birligini mustahkamlash, qadimiy turkiy xalqlar madaniyatini dunyoga tanitish va uning anʼanalarini kelajak avlodga yetkazish hisoblanadi.

GUJUM.UZ cayti jamoasi «Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri Shahribonu Imomovani yuksak mukofot bilan muborakbod etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.