Xalqaro valyuta fondi Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlashni kengaytiradi

0
60
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyun kuni Samarqand shahrida Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Xalqaro valyuta fondi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, pul-kredit va fiskal siyosatni takomillashtirish borasidagi islohotlar kabi ustuvor yoʻnalishlarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda XVF bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu davrda fondning 70 dan ortiq missiyasi Oʻzbekistonda boʻldi, ekspert-texnik koʻmak kengayib bormoqda.

XVF rahbari Kristalina Georgiyeva Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini toʻliq qoʻllab-quvvatladi hamda uning amalga oshirilishiga bundan buyon ham koʻmaklashishiga tayyorligini bildirdi.

Global iqtisodiyot va barqaror taraqqiyotga oid dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu bilan Oʻzbekiston Prezidentining Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.