Mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarning oʻziga xosligini saqlash hamda rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish, davlatimizning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Djabbarov Raxmatulla Mamatovich — Respublika qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi
Pak Viktor Nikolayevich — Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi
Yusupov Gʻulamzakir Yesenovich — «Nurliʼ jol» gazetasi bosh muharriri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Aytjanov Uzakbay Yechanovich — Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Akopdjanova Galina Alekseevna — Fargʻona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi
Babayev Boris Raximovich — «Kultura.uz» veb-sayti bosh muharriri
Boyko Vladimir Fedorovich — «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisi
Jalmenov Ulikbek Abilayevich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi
Kapanadze Vaxtang Irakliyevich — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi «Zarafshon» qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi
Kurbanov Orazmirat Rejepovich — Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi
Kurbanov Rustambek Djavdatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi
Nabiullin Rishat Xismatullovich — Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-maʼrifiy markazi raisi
Pashayeva Gulnisa Firuzovna — Mirzachoʻl tumanidagi «Rasim Iroda» biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyati
Salomov Abduxalim — Shahrisabz tumanidagi «Gʻelon» qishloq fuqarolar yigʻinining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati
Setyan Martin Varazdatovich — Respublika arman milliy madaniy markazi raisi
Usenov Serikbay Nazarovich — Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi
I darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
Kim Lidiya Romanovna — Nukus shahridagi «Muruvvat» nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
Alimxodjayeva Tatyana Sergeevna — Respublika rus milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari
Musurmanova Yuliya Yuryevna — Yangiyer shahridagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Juginisova Janar Yesenovna — Qoʻngʻirot tumani tibbiyot birlashmasining Jasliq davolash profilaktika muassasasi hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Shukurov Abduxakim Abduraximovich — Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining 69-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Surxondaryo viloyati
«Doʻstlik» ordeni bilan
Abdullayev Ilxam Yusif ogli — Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi faoli
Avezdurdiyeva Guldana Xaldurdiyevna — Respublika turkman milliy madaniy markazi raisining oʻrinbosari
Babitskaya Vera Yakovlevna — Angren shahri belorus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati
Batbayev Zaripboy Tursinbayevich — «Oʻzbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyatining «Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali Ustyurt kon geofizika partiyasi guruh boshligʻi
Gunova Nataliya Konstantinovna — Muxtor Ashrafiy muzeyi direktori
Guseynov Firdusi Fagatovich — Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi
Djanibekova Nodira Abdusalomovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Sirdaryo viloyati qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi
Ikromov Tadjibay Chimirovich — «Ovozi tojik» gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari
Kompolshik Yelena Aleksandrovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi
Mamatrizayev Nematillo Asatovich — «Buxoro qorakoʻli» uyushmasi raisi, Buxoro viloyati
Mironova Yelena Anatolyevna — «Wiedergeburt» Respublika nemis milliy madaniy markazi raisi
Vikentiy – Morar Viktor Aleksandrovich — Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiya mitropoliti
Nabiyeva Fina Xaziaxmitovna — Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari
Savurov Mane Davurovich — Toshkent shahar dungan milliy madaniy markazi raisi
Skuridin Oleg Stanislavovich — «Svetlitsa polska» Respublika polyak milliy madaniy markazi raisi
Subxanova Gulandam Subxanovna — Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi
Fazilov Karim Shamanovich — Sirdaryo tumanidagi «Birdamlik» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati
Filippova Lyudmila Vladimirovna — «Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatining Madaniyat saroyi direktori oʻrinbosari, Toshkent viloyati
«Sogʻlom turmush» medali bilan
Abjamilova Erkinay Abdusattarovna — Xonobod shahridagi «Altin Ordo» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Grishina Lyubov Vasilyevna — Chinoz tumani rus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati
Kamalova Nazifa Mirzaliyevna — «Istiqlol avlodi» ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi rahbari, Jizzax viloyati
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Aldabergenov Kayrat Tutkaboyevich — Tomdi tumani hokimi, Navoiy viloyati
Kim Vyacheslav Vladimirovich — Andijon viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi
Pekos Oleg Andreevich — Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari
Shukurov Gayratulla Samikovich — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi matbuot kotibi – raisning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi
«Shuhrat» medali bilan
Abduraxmonova Arzikul Mirzaraimovna — Chirchiq shahridagi «Soʻgʻdiyon» tojik milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati
Ametova Darigul Barlikbayevna — Moʻynoq tumanidagi «Tik oʻzyak» ovul fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Borovikova Anastasiya Dmitriyevna — «Pravda Vostoka» gazetasi katta muxbiri
Didarov Dauletmirat Arazquliyevich — Hazorasp tumanidagi «Sarimoy» qishloq fuqarolar yigʻini raisi, Xorazm viloyati
Ismoilov Baxtiyor Abdusattarovich — Paxtaobod tumanidagi «Sarvinoz parvoz» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Andijon viloyati
Ishmakov Shamil Nailevich — Namangan shahridagi xususiy tadbirkor, Namangan viloyati
Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich — Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestri bosh dirijeri
Kayumov Rustam Mirjalilovich — «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyatining «Oʻzbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinist-murabbiysi
Korsunova Tatyana Semenovna — «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining faxriylar kengashi faoli
Kuvvatov Normurod Mamatmurodovich — Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Alan» koni ustasi, Qashqadaryo viloyati
Murzametova Marina Ravshanovna — Yunusobod tumanidagi «Ahilobod» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent shahri
Ramazanov Ebazer Seytxaliyevich — «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqir kon boshqarmasi «Yoshlik-1» karyeri ekskavator mashinisti
Saradjanova Anjelika Arturovna — Samarqand shahridagi «Marhabo» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Samarqand viloyati
Safoyev Baxodir Akparaliyevich — Soʻx tumanidagi «Sarikanda» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Fargʻona viloyati
Tatarenko Tamara Pavlovna — Samarqand viloyati «Polonez» polyak milliy madaniy markazi raisi
Tovstonog Andrey Grigoryevich — «Oʻzavto Motors Pauertreyn» aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev