“Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi hayotda va nazoratda

0
145
marta koʻrilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan barcha sohalar kabi yoʻl harakati xafsizligi sohasiga ham alohida eʼtibor berilmoqda.

Soʻngi yillarda mazkur sohani rivojlantirish va isloh qilish boʻyicha ham qator Prezident hujjatlari qabul qilingan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil iyul oyida qabul qilingan tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan 2022 — 2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi moʻljallangan «Xavfsiz va ravon yoʻl» umummilliy dasturi mazkur sohada dasturul amal boʻlib xizmat qilmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Oʻz navbatida adliya organlari tomonidan ham oʻziga yuklatilgan vazifa va vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Preizidenti hujjatlari ijrosi boʻyicha joylardagi holat monitoringi amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, yuqorida taʼkidlab oʻtilgan «Xavfsiz va ravon yoʻl» Umummilliy Dasturining tegishli bandlari boʻyicha ham monitoringlar amalga oshirilgan.

Taʼkidlash joizki, Umummilliy Dastur doirasida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilgan. Misol uchun, Umummilliy Dasturda:

Mahallalarda yoʻl harakati qoidalari oʻrgatish maydonchalarini tashkil qilish; davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maydonchalarini tashkil etish; maktablarda yoʻl harakati qoidalari oʻrgatish sinfxonalari tashkil qilish boʻyicha muhim topshiriqlar berilgan.

Shu asosda, viloyatda jami 52 ta maktabda yoʻl xarakati qoidalarini oʻrgatish sinfxonalari, 52 ta mahallada yoʻl harakati qoidalari oʻrgatish maydonchalari hamda 40 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyalanuvchilari uchun yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maydonchalari tashkil etildi.

Ahamiyatli jihati shundaki, yuqoridagi topshiriqlar ijrosi bolalarning maktab va bogʻcha yoshidan boshlab yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini oʻrganishlari uchun xizmat qiladi. 

 Mamlakatimiz Prezidentining 2022 yil 19 apreldagi Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilingan.

Mazkur qarorda masʼullarga 2022 yil yakuniga qadar «Nurli maskan» maktablari hududida
«Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maxsus maydoncha»lari tashkil etish topshirigʻi berilgan.

Mazkur topshiriq asosida viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi tomonidan Xiva shahrida joylashgan «Nurli maskan» maktabida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun moʻljallangan «Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maxsus maydoncha»si tashkil qilindi.

Taʼkidlash joizki, yuqoridagi topshiriqlar ijro jarayoni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy monitoring va nazorat qilib borildi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini sifatli taʼminlash boʻyicha masʼul tashkilotlarga doimiy ravishda huquqiy-uslubiy koʻmak va koʻrsatmalar berib kelinmoqda.

R.Sattarov, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.