Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati gʻoliblari – Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolariga

0
160
marta koʻrilgan.

Aziz farzandlarim!

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Barchangizni futbol boʻyicha Yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining final oʻyinida gʻoyat ogʻir va noqulay ob-havo sharoitida tom maʼnoda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganingiz bilan oʻz nomimdan, koʻpmillatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar qoʻlga kiritgan mislsiz bu gʻalaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bagʻishlab, Oʻzbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor koʻrsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qoʻshadi.

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi oʻgʻlonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.

Barchangizni bagʻrimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, jonajon Oʻzbekistonimizning shon-shuhratini dunyoga tarannum etishda doimo yutuq va zafarlar yor boʻlishini tilayman.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti             Shavkat Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.