Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY doimiy kengashining 37-majlisida 2020 yilda Xiva shahri turk dunyosining madaniy poytaxti, deb eʼlon qilingan edi.
Ushbu yutuq yoshlarimizni ona yurtiga faxr, xalqining ijodkorligi bilan gʻururlanish tuygʻusini tarbiyalaydi.
Xiva shahriga bu maqomni berish taklifi 2018 yil sentyabr oyida Qirgʻizistonda oʻtkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VI sammitida bildirilgan.
Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi.
2018 yil ushbu nom Turkiyaning Kastamonu shahriga nasib etgan boʻlsa, 2019 yilda esa bu maqomga Qirgʻizistonning Oʻsh shahri egalik qildi.
Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Hozirgi kunda ushbu tashkilotga 13 ta mamlakat aʼzo.
Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan.
Mavluda Asqarxoʻjayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vaziri maslaxatchisi