Xiva shahridagi Prezident maktabi

0
1550
views

Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Prezident maktabini borib koʻrdi.

Bu yerda Prezident maktabi standartlari asosida eng zamonaviy sharoit yaratilgan. Joriy oʻquv yilida 5-10 sinflarga jami 144 nafar oʻquvchi tanlov asosida qabul qilingan. Ularga dars berish uchun 9 nafar xorijlik mutaxassis, 21 nafar tajribali oʻqituvchilarimiz jalb qilingan. 

Davlatimiz rahbari maktabda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi, oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

— Biz juda katta marra olganmiz. Ularga erishishda sizlarday yoshlarga ishonamiz va suyanamiz. Murakkab sinovlardan oʻtib, bu maktabga kirib, katta yoʻlga qadam qoʻydingiz. Bu yerda zoʻrlarning zoʻri oʻqiydi. Sizni shunday tarbiyalagani uchun ota-onalaringizga mendan rahmat aytinglar. Bu avvalo ularning, ular bilan birga mening ham baxtim, butun millatimizning baxti, — dedi Prezident.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here