Xivada «Koʻngil koʻzi» loyihasi doirasida sovgʻalar karvoni

0
749
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi  qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida Agentligimiz tashabbusi bilan yurtimizning barcha 12 ta hududidagi koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar maktab-internatlariga Yangi yil «Sovgʻalar karvoni” xayriya aksiyasi amalga oshirildi.

Xorazm viloyatiga yetib kelgan Yangi yil «Sovgʻalar karvoni”shaharga kirish postida kutib olindi va tantanali ravishda Xiva shahar 121-son koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga yetkazildi.

“Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasida oʻtkazilgan ushbu xayrli tadbirni Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari S.Salayev ochib berdi.  Agentlik boʻlim boshligʻi X.Toʻxtarov, boshqarma boshligʻi D.Bekchanova, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi X.Bektemirovlar soʻzga chiqib, maktab-internat oʻquvchilarini bayram bilan tabriklashdi.

Bolalarga zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari, elektron texnika vositalari, shirinliklar va Brayl alifbosida chop etilgan koʻplab bosma hamda audio kitoblarni armugʻon qildilar.

Maktab-internat tantanalar zalida oʻquvchilarning sheʼriy va musiqali chiqishlarini oʻz ichiga olgan bayram tadbiri ham boʻlib oʻtdi.

D. Bekchanova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.