Xokkey boʻyicha ilk Oʻzbekiston chempionati

0
159
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizdagi «Ice City» muz maydoni mezbonlik qilgan xokkey boʻyicha birinchi bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida barcha gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Bosh sovrin uchun finalda «Binokor» hamda «Semurgʻ» jamoalari kuch sinashdi.

Jamoalarning murosasiz kechgan  5 ta oʻyinidan keyin gʻolib aniqlandi. Hal qiluvchi uchrashuvda «Semurgʻ» raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun keldi va xokkey boʻyicha ilk bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻalaba qozondi.

Bronza medallari «Humo» jamoasiga nasib etdi.

Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda oʻzini koʻrsatgan bir qator xokkeychilarga shaxsiy sovrinlar topshirildi. Unga koʻra «Binokor» aʼzosi Javohir Rasulov chempionatning eng foydali xokkeychisi, «Semurgʻ» hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi toʻpurar va hujumchi deb topildi.  Aleksandr Zokirov («Binokor») eng yaxshi darvozabon, Konstantin Govrilenko («Semurgʻ») esa eng yaxshi himoyachi nomiga sazovor  boʻldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.