Xonqa koʻchasida bunyod etilayotgan koʻp qavatli uylar tayyor holda topshiriladi

0
119
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrining Xonqa koʻchasida bunyod etilayotgan koʻp qavatli uylarni borib koʻrdi.

Bu yerda har biri 54 kvartirali toʻrtta 9 qavatli turar joy qurilmoqda. Monolit usulida, energiyatejamkor qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilmoqda. Xonadonlar tayyor holda topshiriladi. Yaqin oylarda bu yerga aholi koʻchib kelib, hudud zamonaviy mavzelardan biriga aylanadi.

Davlatimiz rahbari uyning shourumini kirib koʻrdi. Mebellar, muhandislik tarmoqlarining sifatiga eʼtibor qaratdi. Koʻp qavatli uylarga malakali xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Shu yerda Xorazmda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, xususan, Urganch shahridagi «Binary» xalqaro universiteti uchun yangi bino barpo etish, avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, koʻprik qurish, kommunal xizmatlarni yaxshilash boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.