Xonqa tuman Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

0
364
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati Xonqa tumanda 182 709 nafar aholi istiqomat qiladi.  Tuman Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanaishga topshirilgani aholiga yanada keng imkoniyatlar yaratdi.    

 Joriy  yil 9 oyi davomida  aholiga  82  mingdan ortiq xizmatlar koʻrsatildi. Jumladan, dori vositalari chakana savdosi bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini litsenziyalash, elektron raqamli imzo kalitlarini berish, qurilish-montaj ishlariga ruxsatnoma berish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish  va qayta roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa koʻplab davlat xizmatlari shular jumlasidandir. Bu yerda barcha davlat xizmatlari tezkor, qulay, shaffof va sifatli tamoyillar asosida koʻrsatiladi. Yil  davomida  1326 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, ularning qariyb  43 tasi sayyor tartibda amalga oshirildi.

Tuman Davlat xizmatlari markazining eski binosi juda kichik va koʻrimsiz ahvolda edi, tikka oyoqda navbat kutib qolib ketar edik. Yangi binoning keng va shinamligidan  insonning baxri dili ochiladi.  Tadbirkorlik faoliyatimni 2006 yilda boshlaganman, u paytlarda bizdan juda koʻp hujjatlar talab etilardi va ularni toʻgʻrilash uchun eng kamida 1-2 oy vaqt ketardi. Endilikda  faqat xujjatlar harakatlanadi, eng muhimi ochiqlik va shaffaflik prinsipiga asoslangan tarzda amalga oshiriladi. Bu esa  tadbirkorlikka ishtiyoqmand insonlarsafini yanada kengaytiradi,-deydi Iskandar Nurullayev Xonqa tuman “Zayniddin telekom” xususiy korxona rahbari.

Tuman davlat xizmatlari markazida   elektron navbat kioskasi tashkil etildi. Shuningdek, markaz xodimlari maxsus texnika bilan jihozlangan «Damas»larda eng chekka hududlarga borib, aholiga kerakli davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda, 9 oy davomida fuqarolarga 1300 dan ortiq mobil, sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

Umuman olganda davlat xizmatlari agentligining asosiy maqsadi, aholiga  turli toʻsiqlarsiz va ortiqcha hujjatlarsiz davlat xizmatlari koʻrsatishdan iboratdir. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning bari yurtdoshlarimizning davlat xizmatlaridan koʻngli toʻlib va unumli  foydalanishlari yoʻlida qilinayotgan saʼy-harakatlardir.

Maftuna Roʻzimatova,

 Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati

boshqarmasi Jamoatchilik va OAV

bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.