Xorazm viloyatida rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimot qilindi

0
43
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Viloyatda chet ellik investorlar bilan hamkorlikda mashinasozlik, shaharsozlik, kimyo, toʻqimachilik, qurilish materiallari, tibbiyot, oziq-ovqat kabi muhim tarmoqlarda umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik oʻnlab loyihalar ishlab chiqilgan. Taqdimotda shundan umumiy qiymati 660 million dollardan ziyod 18 ta loyiha haqida axborot berildi.

Xususan, yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-boʻyoqlar va mato ishlab chiqarish kabi loyihalar hudud iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qoʻshib, minglab ish oʻrinlari yaratishi bilan ahamiyatli. Mehmonxona, shifoxona, koʻngilochar maskanlar va yoʻllar qurish, ekoturizmni va baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar aholi farovonligi oshishiga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari ularning tashabbuskorlari boʻlgan chet ellik investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi haqida fikr almashilib, ularni jadallashtirish, tadbirkorlarga qoʻshimcha sharoit yaratish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.