Xorazm viloyatida yirik gaz-kimyo loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

0
49
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyatiga tashrifning birinchi kuni yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligi, «Oʻzkimyosanoat» AJ va yirik xorijiy investitsiya kompaniyasi rahbariyati bilan yigʻilish oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xorazm viloyatida umumiy investitsiya hajmi 10 milliard dollardan ziyod boʻlgan yirik gaz-kimyo loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Boʻlajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish oʻrni yaratishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati — 2024-2028 yillar.

Loyiha gaz-kimyo tarmogʻi rivojiga yangi surʼat bagʻishlaydi va Yangi Oʻzbekiston sanoatining flagmanlaridan biriga aylanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.