XORAZMDA “ENG ULUGʻ, ENG AZIZ” Respublika anʼanaviy koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandilar

0
219
marta koʻrilgan.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami munosabati bilan “ENG ULUGʻ, ENG AZIZ” Respublika anʼanaviy koʻrik-tanlovining Xorazm viloyat bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Taqdirlash marosimida vohaning taniqli shoir va yozuvchilari, ommaviy axborot vositalari vakilllari, tasviriy sanʼat ustalari, umidli yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirni tashkiliy qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova kirish soʻzi bilan ochib berdi. 

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat teleradiokompaniyasi direktori, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Oʻtkirbek Matqurbonov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Gavhar Ibodullayeva, koʻrik-tanlov hayʼati raisi, jurnalist Muhabbat Toʻrabayevalar koʻrik-tanlov gʻoliblarini samimiy tabriklab,  tanlovga qoʻyilgan asarlarda mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik ishlari, yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, zamondoshlarimiz fidoyiliklari, jamiyatimizda millatlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat muhiti tobora mustahkamlanib borayotganligi, betakror merosimiz, boy tariximiz, Vatan taqdiri, yurt istiqboliga dahldorlik tuygʻusi mujassam ekanligini taʼkidladilar.

 

Tashkiliy qoʻmita hamda xayʼat aʼzolari xulosasiga koʻra, “Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari” nominatsiyasi boʻyicha tarixnavis, publitsist Erkin,Allamov  “Quvonchbek-Mashhura” MCHJ nashriyoti bosh muharriri Sayyora Solayeva, jurnalist Ismail Ollaberganov, “Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari” nominatsiyasi boʻyicha viloyat teleradiokompaniyasi suxandoni Latofat Yusupova, muharriri Nargiza Boʻronova, «8TV» xususiy telekanali muxbiri Guli Zaripova, “Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” nominatsiyasi boʻyicha shoir Oshiq Erkin, yozuvchi Sotim Avaz, shoira Shoira Shams, “Tasviriy sanʼat, foto dizayn asarlari” nominatsiyasi boʻyicha tasvirchi rassom Azamat Madaminov, Xadicha Ermatova, sanʼat ustasi Adolat Otamuratova gʻolib deb topilib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. 

Davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami munosabati bilan tadbir ishtirokchilarining dil qutlovlari tinglandi. 

Taqdirlash marosimi soʻngida vohaning taniqli shoir va yozuvchilari, umidli yosh ijodkorlar ishtirokida «Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!» mavzusida mushoira oʻtkazildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.