XORAZMDA “ENG ULUGʻ, ENG AZIZ” Respublika anʼanaviy koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi

0
223
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan “Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilgan “ENG ULUGʻ, ENG AZIZ” Respublika anʼanaviy koʻrik-tanlovining Xorazm viloyat bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimlari, viloyat madaniyat boshqarmasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, yozuvchi va shoirlar, tasviriy sanʼat namoyandalari, foto va dizayn ustalari, yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni tashkiliy qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova ochib berdi.

Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanovning koʻrik-tanlovi gʻoliblariga tabrigini viloyati hokimligi yetakchi mutaxassisi Jahongir Nurmetov oʻqib eshittirdi.

Tanlovning nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarini Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Rajabboy Rajabov, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Oʻtkirbek Matqurbonov, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova samimiy tabrikladilar.

Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqanlar ishtirokchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan tabriklab, tanlovga qoʻyilgan asarlarda mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik ishlari, yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, zamondoshlarimiz fidoyiliklari, jamiyatimizda millatlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat muhiti tobora mustahkamlanib borayotganligi, betakror merosimiz, boy tariximiz, Vatan taqdiri, yurt istiqboliga dahldorlik tuygʻusi mujassam ekanligini taʼkidladilar.

Tashkiliy qoʻmita hamda xayʼat aʼzolari xulosasiga koʻra “Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari” nominatsiyasi boʻyicha “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatida muxbiri Sevara Roʻzmetova, “Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari” nominatsiyasi boʻyicha Xorazm teleradiokompaniyasi muharriri Azamat Safarov, “Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” nominatsiyasi boʻyicha shoir va yozuvchi Xudaybergan Shomurodov, “Tasviriy sanʼat, foto dizayn asarlari” nominatsiyasi boʻyicha “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi foto dizayneri Elbek Musayevlar gʻolib deb topilib, kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
Nominatsiyalar boʻyicha ikkinchi va uchinchi darajali diplom sohiblariga, shuningdek, tanlovning ragʻbatlantiruvchi “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”, “Tasviriy sanʼat asarlari” uchun ishtirokchilariga ham viloyat hokimligining diplom va qimmabaho sovgʻalari topshirildi.

Tadbir soʻnggida «Yuksalish» umummilliy harakati Xorazm viloyati boʻlimi tomonidan boshqarma boshligʻi Dilbar Bekchanovaga «Yuksalish» umummilliy harakatining aʼzolik sertifikati berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.