Xorazmda oltita yangi korxona ishga tushirildi

0
83
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatidagi “Yangibozor tekstil agroklaster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining toʻqimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Qiymati 13 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan mazkur loyiha doirasida  xorijdan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatilgan. Yiliga 5 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Tovarlarning 65 foizini eksportga yoʻnaltirish moʻljallangan.

Bugungi kunda bu yerda 500 ga yaqin xotin-qizlar ishlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev korxonadagi ish jarayoni bilan tanishish asnosida ular bilan suhbatlashdi. Xotin-qizlar chekka tumanlarga ham ham sanoat kirib kelayotgani, oʻz uyi yaqinida shunday zamonaviy korxonada ishlayotganidan mamnunligini aytishdi.

Shu yerda Xorazm viloyatidagi 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi boʻldi. Ular – Urganch shahridagi “Eko Obi hayot” korxonasi tomonidan gipsokarton mahsulotlari, Urganch tumanidagi “Zakirov” xususiy korxonasi tomonidan burama mix, Xiva gilami kombinatining ikkinchi bosqichi, Bogʻot tumanidagi “Koba teks” korxonasi tomonidan tayyor gazlama, Urganch tumanidagi “Xorezm Solt Biznes” korxonasi tomonidan texnik tuzlar, Xonqa tumanidagi “Xorezmteks Feyshn” korxonasi tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalaridir. Ushbu korxonalar vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, ushbu yangi korxonalarni ishga tushirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.