Xorazmda zamonaviy kutubxona va kitob doʻkoni ish boshladi

0
551
views

Urganch shahrida zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan «Yoshlar kutubxonasi» ish boshladi.

 Yuz mingdan ortiq kitob fondiga ega kutubxonada kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular zarur adabiyotlarni shu joyning oʻzida mutolaa qilishlari, oʻqib chiqish uchun uyga olib ketishlari yoki xarid qilishlari mumkin.

Kutubxonaning 2-qavatidagi elektron oʻquv zali AOKA tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi bilan bogʻlangan. Ular dan ham foydalanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, majmuada issiq choy, kofe, tabiiy sharbatlar savdosi ham yoʻlga qoʻyilgan.

D. BEKCHANOVA

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here