Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti Ijroiya qoʻmitasi raisi Mahmud Abbos
Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz saytida