Xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

0
128
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga 9 iyul kuni boʻlib oʻtgan muddatidan ilgari saylovdagi ishonchli gʻalabasi va lavozimiga kirishgani munosabati bilan xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat yetakchilari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishda davom etmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xorijiy hamkorlar qayd etganidek, mamlakatimizda oʻtgan umumxalq saylovi Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha ortga qaytmas islohotlar dasturi hamda davlatimiz xalqaro nufuzini oshirish borasidagi saʼy-harakatlar xalqimiz tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganining navbatdagi tasdigʻi boʻldi. 

Qutlovlarda mamlakatimiz bilan doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani alohida taʼkidlanib, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

 

Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Amiri Davlati Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy,

Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu,

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy,

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif,

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq,

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol,

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,

Vengriya Prezidenti Katalin Novak,

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban,

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub,

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Davlati Amiri oʻrinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi bosh kotibi Sergey Lebedev,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili,

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Mixail Myasnikovich,

Koʻrfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy,

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.