Andijon viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Unda mutaxassislar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotini kengaytirishning muammolari va istiqbollari xususida soʻz yuritdilar.
Seminar davomida FJSHMQMI xalq bilan bilan muloqotni rivojlantirish shoʻbasi rahbari Gulruh Agzamova fuqarolar bilan ishlash boʻyicha xorjiy tajribalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoʻrgʻontepa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Tohirjon Dikanov davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining joylardagi Xalq qabulxonasi bilan oʻzaro aloqalari xususida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ishtirokchilar ikki kun davomida fuqarolar bilan ishlashning psixologik jihatlari, nizoli vaziyatlarni xal qilish yoʻllari, fuqarolarning murojatlari bilan ishlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirdilar.
Manba: Andijon viloyati hokimligi