Xotin-qizlar qoʻmitasi onasi betob boʻlgan qizlarning holatini oʻrgandi

0
86
views

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari “Ozodlik” radiosi orqali qoʻyilgan “Hech narsaga qiziqish yoʻq, onam yashasalar boʻldi…” mavzusidagi maqola yuzasidan Sitora va Nozima yashaydigan xonadonga borib, muammoni atroflicha oʻrgandi, deb yoziladi Xotin-qizlar qoʻmitasining Facebookdagi sahifasida.

Qoʻmitaning tekshiruvlariga koʻra, bu qizlarning onasi haqiqatan ham saraton kasalligiga chalingan. Hozir Tibbiyot akademiyasida navbatdagi davo muolajasini olmoqda. Qoʻmita davolanish uchun dori-darmonlarini oʻz vaqtida yetkazilib berilishini nazoratga olgan.

Sitora va Nozim tezlik bilan yozgi-qishki kiyim-kechak bilan taʼminlanib, taʼtildan soʻng maktabga oʻz vaqtida toʻliq talim olish uchun sharoitlar yaratildi.

Xonadonning tabiiy gazdan qarzdorligi saxovatpesha insonlar tomonidan toʻlab berildi. Qizlar hozir buvisi qaramogʻida.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here