Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularning tadbirkorlikka oid gʻoya va intilishlarini roʻyobga chiqarish, bu borada ularga imtiyozlar yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida Yakkasaroy tumanidagi “Qushbegi” mahalla hududida “Yoshlar mehnat guzari”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda tuman hokimi A.Sayfutdinov, tuman prokurori N.Allabergenova, tuman IIO FMB boshligʻi F.Xaydarov, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Yakkasaroy tuman boʻlim rahbari U.Nabiyev hamda mahalla faollari va yoshlar ishtirok etishdi.