Yangi aeroport qurilmoqda

0
106
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni koʻzdan kechirdi. 

Bu yerda fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasi tashkil etish boʻyicha 2017 yil 30 iyunda Prezident qarori qabul qilingan edi. Davlatimiz rahbari oʻtgan yili bu yerga kelib, mazkur aerodromni qayta qurish boʻyicha loyiha takliflari bilan tanishgan edi. 

Bugungi kunda aeroportda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagi, samolyotlar toʻxtab turishi uchun angar va perron, yuqori darajadagi delegatsiyalar, ishbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi terminallar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni oʻylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini taʼkidladi.

Manba: president.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.