Yangi infratuzilma inshootlari koʻzdan kechirildi

0
34
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi yangi infratuzilma inshootlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Soʻnggi yillarda poytaxtimiz ham aholi, ham hudud jihatidan oʻsmoqda. Muhandislik tarmoqlari quvvati shunga mutanosib tarzda oshirib borilmoqda.

Xususan, Shayxontohur tumanida, «Paxtakor» stadioni yaqinida yangi podstansiya qurildi. Loyiha doirasida «Traktorsoz» podstansiyasidan 19 kilometrdan ziyod kabel tortilib, 2 ta transformator oʻrnatildi. U kelgusi oyda ishga tushiriladi. Buning natijasida poytaxtimiz markazida kafolatlangan 130 megavatt qoʻshimcha elektr energiyasi hosil boʻladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayib, avariyaviy holatlar ehtimoli 60 foizga qisqaradi.

Davlatimiz rahbari shu yerda Toshkent shahri elektr taʼminoti tizimidagi  qurilish va modernizatsiya ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Yana beshta podstansiya qurilayotgani va toʻrttasi yangilayotgani, ularda jami 850 megavatt qoʻshimcha quvvat yaratilishi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.