Yangi korxona va bunyodkorlik loyihalari koʻzdan kechirildi

0
149
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida ish boshlagan plastik eshik va romlar korxonasini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu loyiha uchun “Jana bazar” mahallasi hududidan 4 gektar yer ajratilib, 2 million dollarlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Zamonaviy asbob-uskunalar oʻrnatilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan. Korxona jami 270 ming kvadrat metr eshik va deraza romlari tayyorlash quvvatiga ega. Bu yerda 230 kishi ish bilan taʼminlandi. Ularning koʻpchiligi yoshlar.

Davlatimiz rahbari korxonaning ish jarayoni, mahsulotlarini koʻzdan kechirdi. 

Nukus shahriga Toshkent shahar hokimligi biriktirilgan. Hududning drayveri — oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati, turizm. Shu asosda Nukus shahrini 2022 yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Unga koʻra, umumiy qiymati 1 trillion 361 milliard soʻmlik 10 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida qoʻshimcha 3 mingta ish oʻrni yaratiladi.

Prezident “Jeke terek” mahallasidagi yangi turar-joy majmuasi qurilishi maydonida ham boʻldi. Bu yerda 5 ta 16 qavatli uy barpo etish moʻljallangan. Ularning bittasi hozir qurilmoqda. 

Bu majmua yangi turdagi qurilish konstruksiyasi asosida tiklanadi. Tashqi devorlar uch qoplamali boʻlib, xonadonlarning qishda iliq, yozda salqin turishini taʼminlaydi. Uylar zamonaviy jihozlanib, tayyor holda topshiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.