Yangi loyihalar boʻyicha tavsiyalar berildi

0
82
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni madaniyat va maʼrifat sohalariga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ulardan biri – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻi hududida bunyod etiladigan zamonaviy kutubxonadir. Loyihaga koʻra, bu yerda 3 qavatli kutubxona qurilib, atrofida yashil hudud barpo etiladi. Binoning birinchi qavatida sanʼat va axborot texnologiyalari, ikkinchi qavatda tarix, filologiya va dinga taalluqli, uchinchi qavatda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi. Ushbu kutubxona adabiyot, ilm-fan va sanʼatning turli yoʻnalishlariga oid bosma va elektron nashrlar, elektron hujjatlar, jami 1,5 milliondan ortiq kitoblar fondini qamrab oladi.

Davlatimiz rahbari kutubxonani qurishda shaharsozlikning ilgʻor tajribalarini qoʻllash, keluvchilarga qulay sharoitlar yaratish zarurligini taʼkidladi.

Navbatdagi loyihalar ham madaniyat rivojiga qaratilgan. Jumladan, Urganch shahrida Muhammad al-Xorazmiyning yangi haykalini va uning atrofida xiyobon barpo etish rejalashtirilgan.

Prezidentning 2020 yil 2 dekabrdagi qaroriga muvofiq, joriy yilda Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida sanʼatkor haykalini oʻrnatish belgilangan.

Taqdimotda shu borada Badiiy akademiya tomonidan tanlab olingan haykal eskizlari koʻzdan kechirildi. Haykallar oʻrnatiladigan xiyobonlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.