Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi senatorlar tomonidan  maʼqullandi

0
160
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi   Oliy Majlisi senatining 24 yalpi majlisida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi senatorlar tomonidan  maʼqullandi.

Mazkur yangi tahrirdagi mehnat kodeksi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini birday himoya qilishga qaratilgan. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqishda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar jumladan, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Estoniya Yaponiya, Janubiy Koreya hamda MDH davlatlari tajribasi chuqur oʻrganilganligi qayd etildi.

Kodeks mehnat huquqining ayrim institutlariga bagʻishlangan va bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish tartiblari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini koʻrib chiqish kabi yangi normalar belgilangan.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.