Yangi universitet jurnalistika rivojiga xizmat qiladi

0
223
views

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda soʻz olganlar ushbu universitetning tashkil etilgani kelajakda sohada yetuk mutaxassislar tayyorlash borasidagi yana bir muhim qadam boʻlganini taʼkidlashdi.
 
Tadbirda universitet rektori Sh.Qudratxoʻjayev barchani samimiy qutlab, hamkor tashkilotlar vakillariga sertifikatlar topshirdi.
 
Marosimda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taqdimotiga bagʻishlangan film namoyish etildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov soʻzga chiqdi. 
 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here