Yangi vazir faoliyatidan: Baxtiyor Saidov Xitoy Elchisini qabul qildi

0
100
marta koʻrilgan.

2023 yil 4 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Muloqot chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni turli sohalarda yanada mustahkamlash, jumladan, XXR Raisi Si Szinpinning 2022 yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali yanada mustahkamlash istiqbollari koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

BMT, ShHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakldagi boʻlajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.