Yangi yil archasida harbiy sanʼatkorlar

0
560
marta koʻrilgan.

2018 yilning 3 yanvar kuni poytaxtimizning “Anhor-Lokomotiv” istirohat bogʻi oldida tashkil etilgan markaziy Yangi yil archasida tomoshabinlarni kirib kelgan Yangi – 2018 yil hamda yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan qutlash uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan bayramona konsert dasturi tashkil etildi.

Taʼkidlash joizki, ohirgi yillarda milliy armiyamiz har bir ayyomni xalqimiz bilan birga qarshi olayotgani “Armiya va xalq – bir tanu bir jon” degan ezgu gʻoyaning yorqin ifodasiga aylanmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan harbiy-vatanparvarlik festivallari minglab yurtimiz yoshlari qalbida harbiylik kasbiga katta qiziqish uygʻotib, xalqimizda armiyaga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Harbiy navolar bilan ilk bor Yangi yil archasida ishtirok etgan harbiy ijodkorlar tomoshabinlarda oʻzgacha taassurotlar qoldirib, olqishlarga sazovor boʻldi.

Mazkur tadbirda harbiy sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik va yoshlarbop musiqalar, harbiy orkestr sadolari Yangi yil ayyomiga oʻzgacha tuhfa boʻldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.