Aholiga xush kayfiyat ulashish maqsadida, poytaxtning koʻplab tumanlarida maftunkor archalar bezatilgan. Ular bayram shukuhiga shukuh bagʻshida etib, bolalarga quvonchlar ulashmoqda.
Poytaxtning bosh archasi esa bu yil birinchi marta Alisher Navoiy kutubxonasi yonida 35 metr balandlikka koʻtarildi va 33.000 dona oʻyinchoq bilan bezatildi.
Bayram maydonida yana 4 ta kichik archa va dekorativ elementlar ham joylashtirilgan. Ayni paytda yangi yil archasi atrofida bayram tadbirlari qizgʻin davom etmoqda. Dasturdan turli diltortar qoʻshiqlar oʻrin olgan.
Xususan, tadbirlar davomida koʻplab estradamiz yulduzlari va yosh sanʼatkorlardan iborat guruhlar tomoshabinlarga jonli musiqalar orqali bolalar-u kattalarga bayramona kayfiyat ulashib, bolajonlarga quvonchli onlarni bagʻshida etmoqdalar.
Gujum. uz