Yangi yil yangiliklaridan biri: 2020 yilda paxta xomashyosi eksporti toʻxtatiladi

0
642
marta koʻrilgan.
2020 yildan boshlab paxta xomashyosi eksporti toʻxtatilib, paxta tolasini mamlakatning oʻzida toʻliq ishlash rejimiga oʻtiladi. Bu haqda toʻqimachilik sanoati istiqbollari mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
 
“Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish uchun ikki bosqich bor. Birinchisi, paxta tolasini oʻzimizda toʻliq ishlash. Ikkinchisi, ip kalavani chuqur qayta ishlab, qoʻshilgan qiymat soligʻini oshirgan holda koʻproq tayyor mahsulotni eksportga yoʻnaltirish.
 
Biz hozircha birinchi bosqich arafasidamiz. 2020 yildan paxta xomashyosini eksport qilish toʻxtatiladi. Paxta tolasini oʻzimizda toʻliq qayta ishlashga oʻtmoqchimiz”, deydi Iqtisodiyot vazirligi mutaxassisi Quvonchbek Mustafoyev.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.