Yangicha qiyofa ochgan “Milliy bogʻ” Shanxay hamkorlik tashkilotining sport elchilarini qarshi oldi

0
165
marta koʻrilgan.

Zamonaviy Olimpiya oʻyinlarining asoschisi baron Per de Kubertenga tegishli ushbu iqtibos “O sport, sen tinchliksan!”   hozir ham aktualligini yoʻqotmagan. Shu kunlarda Toshkentdagi soʻlim “Milliy bogʻ” sayilgohi sport ixlosmandlari bilan gavjum boʻldi.

Unda mahalliy va xorijiy yulduzlar tinchlik va doʻstlik qadriyatlarini targʻib qilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotining sport elchilari” loyihasi doirasidagi ommaviy fleshmobda ishtirok etishdi. Tadbir sportga endigina qadam tashlayotgan minglab yoshlarimiz uchun unutilmas xotiralar bilan yodda qoladigan boʻldi.

Zero, “Milliy bogʻ” sayilgohida yoshlar jahon va Olimpiada chempioni boʻlgan yulduzlar bilan suhbatlashish, ular ishtirokidagi mahorat saboqlarida qatnashishdek imkoniyatni ega boʻlishdi.

Shubhasiz, bunday loyiha mintaqadagi doʻstlik va tinchlik rishtalarini yanada mustahkamlash yoʻlida muhim platforma boʻldi. Buni tadbirda ishtirok etgan rasmiylar, xususan, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochilish marosimida alohida taʼkidlab oʻtdi. Unda, shuningdek, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Sportni rivojlantirish vazirligi va MOQ rahbariyati, mamlakatimizdagi bir qator diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi.

Bir soʻz bilan aytganda, sayilgoh tayekvondo, dzyudo, boks, sport kurashlari, sambo, kurash, ogʻir atletika, qilichbozlik, badminton, stol tennisi, tekbol, eshkak eshish, basketbol, tosh koʻtarish kabi sport turlarida oʻzini sinab koʻrmoqchi boʻlgan yoshlar uchun ochiq maydon boʻldi. Shubhasiz, bu kabi tadbirlar Prezidentimiz ilgari surayotgan mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzi targʻibotini yanada kuchaytirish yoʻlida katta ahamiyat kasb etadi.

Loyiha 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda oʻtadigan ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti oldidan birinchi bor yoʻlga qoʻyildi. Asosiysi, uni barcha iliq qarshi oldi va qisqa fursat ichida ijobiy samarasini koʻrsatdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.