Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi yigʻilishda maʼlum qildi.
Yangiyer shahrida 2019-2023 yillarda yiliga 300 ming tonna ammiak va 360 ming tonna karbamid mineral oʻgʻitini ishlab chiqarish zavodini qurish boʻyicha yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb etish, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarning zamonaviy texnologiyalarini olib kelish moʻljallangan. Zavod foydalanishga topshirilgach 850 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.