Italiyada veloshosse boʻyicha “Trofeo Ponente in Rosa” koʻpkunlik poygasi nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqa Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi Yanina Kuskova uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
Yakunlovchi beshinchi bosqichda Kuskova uchinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi. Bu natija orqali sportchimiz musobaqani umumiy hisobda ikkinchi oʻrinda yakunladi. Yanina bu borada faqatgina mountinbayk yoʻnalishidagi Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni shveysariyalik Yolanda Neffdan ortda qoldi, xolos.
Shuningdek, Kuskova musobaqaning “Eng yaxshi yosh poygachisi” yoʻnalishida ham gʻalaba qozondi. U Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham oʻz hisobiga yozib qoʻydi.
GUJUM. UZ