Yaponiyaning Maydzuru shahrida oʻzbek sanʼat ustalarining konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Konsertda Maydzuru shahar meri Ryozo Tatami hamda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Gʻayrat Fozilov ishtirok etdi.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri qurilishida qatnashgan Niienomi Shigeru ham konsertga tashrif buyurdi hamda konsert avvalida Madaniyat vaziri B.Sayfullayev tomonidan taqdirlandi.
Konsertda Oʻzbekiston Xalq artistlari Samandar Alimov, Avaz Rajabov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Amina Babadjanova, Nodira Xamrayeva, Kirill Borchaninov, “Tumor” raqs ansambli, “Sato” ansambli, Ulugʻbek Olimov hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri artistlari oʻz ijro mahoratlari bilan tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻldilar.
Mavluda Asqarxoʻjayeva