Fan-texnika rivojlangan XXI- asrni ekologik xavf-xatar asri, deyish joiz boʻladi. Bugungi kunda inson oʻzining iqtisodiy quvvatini yuqori darajalarga koʻtarish, bugun kechagidan, ertaga esa bugungidan «yaxshiroq» yashash ilinjida qudratli texnik vositalar yordamida tabiiy boyliklarni tobora koʻp oʻzlashtirish ruhiyati bilan yashamoqda. Bu – albatta sivilizatsiyaning, globar davr, raqamli texnologiyalar rivojining zaruriy omillaridan biri.
Ammo, bu siyosatni toʻgʻri yurgizish uchun u hayotda hukm suradigan ekologik qonuniyatlarni bilishi va unga amal qilishi lozim. Aks holda ekologik tanglik yuz berib, sivilizatsiya inqirozini keltirib chiqarishi muqarrar. Shuning uchun mamlakatimizda yashil makon, yashil belbogʻ yashil energiya, yashil mahalla, yashil oila kabi atrof –muhitni asrashga oid goʻzal tashabbuslar, samarali tadbirlar paydo boʻldi. Zero, Zamin-ona Yerimiz! Uning bir boʻlagi boʻlgan Oʻzbekistonimiz bizning umumiy uyimiz. Uning gullab yashnashiga hissa qoʻshish barchamizning burchimiz. Talabaning videoreportajida ana shu gʻoya oʻz ifodasini topgan.
Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Hurramov Behruzning “yashil makon” haqidagi oʻquv-amaliyot reportajini eʼtiboringizga havola qilamiz.
Gujum.uz