Koʻksaroyda oʻtgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan Qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari oʻrtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, taʼlim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar boʻyicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilmoqda.